O‘zbekiston futbol akademiyasida Italiya futbol mutaxassislari, xususan “Peskara” futbol klubi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda “Peskara” futbol akademiyasini tashkil etish loyihasi, kelgusi rejalar, yurtimizda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov ishtirok etgan uchrashuv mobaynida italiyalik futbol mutaxassislari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish, uning xalqaro rivojini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.
Iste’dodli yosh futbolchilarni saralash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, dunyoning kuchli futbol klublari tajribasini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yaqin yillarda o‘z samarasini berishini ta’kidladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA