Xitoyning Tayyuan shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan jahon Gran-prisining yarim finalida hamyurtlarimiz 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

30 ga yaqin davlatdan 100 nafardan ortiq mahoratli para taekvondochilar ishtirok etgan turnirning shiddatli bellashuvlari yakunida terma jamoamiz a’zolaridan Guljanoy Naimova oltin, Asad Anvarov va Asad Toshtemirov kumush, Ziyoda Isoqova, Javohir Aliqulov, Zuhriddin Tohirov bronza medallariga musharraf bo‘ldi.

1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining ushbu muvaffaqiyati yana o‘n kundan keyin Xanchjouda boshlanadigan Paraosiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi bo‘ldi, deyish mumkin.

T.Ro‘ziyev, O‘zA