Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada Xojametov Sabir Jabbarberganovich Amudaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

S.Xojametov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari bo‘yicha qo‘mitasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri