Barchaga ma’lumki joriy yilning 4 sentyabr sanasidan boshlab OTM larda o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Buning natijasida shahar jamoat transportiga bo‘lgan talab oshadi. “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati mavzu haqida O‘zAga ma’lumot berdi.Metrodan foydalanishda yo‘lovchilarga noqulayliklar hosil qilmaslik maqsadida, metro yo‘nalishlarida mavjud ichki resurslardan maksimal darajada foydalangan holda vaqt intervallari sezilarli darajda qisqartirilishi rejalashtirilgan. Masalan, tig‘iz vaqtlarda Chilonzor yo‘nalishida 1,5 daqiqalik, O‘zbekiston yo‘nalishida esa 3-3.5 daqiqalik hamda Yunusobod yo‘nalishida esa 5 daqiqalik intervalda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun, avvalroq 26 avgustdan Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 4 oyga yopilishi xabar qilingan edi.

 

O‘zA