Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yunon-rum kurashi bahslarida vakillarimiz bitta bronza medaliga ega chiqdi.

Chempionatning 55 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Alisher G‘aniyev bronza medali uchun kechgan bahsda eronlik Ali Abdulloh Ahmadini 9:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon birinchiligini 2 ta bronza medali bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, erkin kurash bahslarida Nodirbek Jumanazarov (57 kg) uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA