AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kongressdan turli ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun kamida 25 milliard dollar so‘rashni rejalashtirmoqda. Bloomberg agentligining xabar berishicha, mablag‘ning bir qismi mudofaa xarajatlari, jumladan, Kiyevga yordam berish uchun sarflanadi.

Xabarda aytilishicha, jami mablag‘ning 13 milliard dollari mudofaa ehtiyojlari va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Qolgan 12 milliard dollar AQSH hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilishga sarflanadi.

Bundan avvalroq Punchbowl News portali Bayden 10 avgustda Kongressdan qo‘shimcha moliyalashtirishni so‘rashi mumkinligi haqida yozgan. O‘shanda mablag‘ning bir qismi (10 milliard dollar) Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ma’lum qilingan edi.