2024 yil o‘tkaziladigan U-18 Osiyo-Okeaniya chempionatiga poytaxtimiz Toshkent mezbonlik qiladi. Bu haqda Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi (IIHF) va O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbariyati o‘rtasidagi uchrashuvda e’lon qilindi.
–Ushbu chempionatning yurtimizda o‘tkazilishi tarixiy ahamiyat kasb etadi. Hozircha kelishuvga erishdik. Chempionatning aynan qaysi sanalarda tashkil etilishi hamda uning texnik tomonlari bo‘yicha rasmiy xujjatlar yaqin vaqtda imzolanadi. Muhimi, Osiyo-Okeaniya chempionatini qabul qilish bo‘yicha ilk qadam tashlandi, – deydi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi ijrochi direktori Elbek Mahmudov.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA