Futzal bo‘yicha terma jamoamiz o‘rtoqlik o‘yini doirasida Finlyandiya terma jamosi bilan Xelsinki shahrida ikki marta kuch sinashdi.

Bugun bo‘lib o‘tgan o‘yinda terma jamoamiz 2:2 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvda dastlab, Xayrullo Solihov va Davron Choriyev urgan gollar evaziga vakillarimiz hisobda oldinga chiqib oldi. Ammovakillarimiz kutilmaganda ikki gol o‘tkazib yubordi va g‘alabani qo‘ldan boy berdi.

Mazkur jamoalar o‘rtasida kecha bo‘lib o‘tgan o‘yin 3:3 hisobida yakun topgan edi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri