Xabaringiz bor, tennis bo‘yicha, XXXI — Jahon yozgi Universiadasi 28 iyul kuni Xitoyning Janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasining Chengdu shahrida boshlangan edi.
Unda turli mamlakatlardan, shu jumladan, O‘zbekistondan tennischilar ishtirok etmoqda.
Hamyurtimiz Sergey Fomin xalqaro tennis musobaqasida O‘zbekiston jamoasi hisobiga bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu natijani tennischimizning xalqaro turnirdagi navbatdagi g‘alabasi, deb e’tirof etish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston tennis federatsiyasini qo‘llab-quvvatlashda va mamlakatimizda tennisni rivojlantirishda “O‘zmilliybank” AJ moliyaviy ko‘magi muhim rol o‘ynaydi. Ushbu hamkorlikning natijasi tennischilarimizning turli xalqaro turnirlardagi yutuqlaridir. Biz tennischilarimizga xalqaro sport musobaqalarda omad va g‘alabalar tilaymiz.
“O‘zmilliybank”AJ
Matbuot xizmati