Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatni me’yoriga keltirish jarayoni oson kechmaydi, lekin bunga erishish mumkin. Binobarin, bu butun Arab – Isroil mojarosiga barham berish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Amerikaning “NBC” telekanaliga intervyusida shunday fikr bildirgan: – Saudiya Arabistoni va Isroil munosabatini normallashtira olsak, tarixiy burilish yasagan bo‘lamiz. Buni “Ibrohim kelishuvi” doirasida allaqachon amalga oshirilgan munosib yutuqning davomi, deyish mumkin.

Netanyaxu bir necha yil avval Isroil “Ibrohim kelishuvi” doirasida birdaniga to‘rt arab davlati – Bahrayn, Marokash, Birlashgan Arab Amirliklari va Sudan bilan munosabatni yaxshilash bo‘yicha kelishishga muvaffaq bo‘lganini eslatdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik buni imkonsiz hisoblagan, Falastin – Isroil mojarosi hal etilmaguncha, Isroil va arab davlatlari o‘rtasida murosaga erishib bo‘lmaydi, degan. Netanyaxu alohida arab davlatlari bilan tinchlik bitimiga erishilganini qayd etdi.