Birlashgan Arab Amirliklari guruch eksporti va reeksportiga to‘rt oylik cheklov e’lon qildi. Mamlakat iqtisodiyot vazirligi ma’lum qilishicha, taqiq guruchning barcha naviga tegishli bo‘lib, 28 iyuldan kuchga kirgan. Endi guruchni eksport yoki reeksport (qayta eksport) qilmoqchi bo‘lgan kompaniya ruxsat olish uchun vazirlikka murojaat qilishi kerak, deyiladi bayonotda.
Agar taqiq bekor qilinishi to‘g‘risida qaror chiqmasa, hujjat muddati o‘z-o‘zidan nomal’um muddatga uzayishi mumkin. O‘tgan hafta Hindiston hukumati ham tozalangan oq guruch mamlakatdan chiqib ketishini to‘xtatgan edi. Bunga ichki bozorda ushbu mahsulot narxi oshgani va kuchli musson yomg‘iri tufayli hosil yetilishi kechikkani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Darvoqe, BAA eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining, qariyb, 90 foizini import qiladi.