Birlashgan Arab Amirliklari birinchi marta Xitoy bilan hamkorlikda harbiy havo kuchlari qo‘shma mashqini o‘tkazishni rejalashtirdi. Bu haqda XXR Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu umumiy mashg‘ulot yillik rejaga hamda ikki tomon kelishuviga binoan, avgust oyida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumani hududida bo‘lib o‘tadi.  

“Mazkur tadbir ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan”, – deyiladi xabarda.