Shimoliy Yevropaning bir qator davlatlarida muqaddas Qur’onni yoqish harakati zamonaviy dunyoda keskinlikni kuchaytirishga qaratilgan nojoiz ig‘vodir. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev shunday bayonot berdi.
Prezident matbuot xizmati hujjatida keltirilishicha, Toqayev bunday hodisalarni xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi ishonchni buzishga qaratilgan nomaqbul provokatsiya, deb hisoblaydi. Davlat rahbari fikricha, tegishli davlatlar diniy vandalizmni sivilizatsiyalashgan, umumiy e’tirof etilgan me’yorlarga zid hatti-harakat sifatida bir ovozdan qoralashi kerak. “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ham bu borada o‘zining salmoqli so‘zini aytishi shart”, deya qo‘shimcha qilingan bayonotda.
So‘nggi marta 21 va 24 iyul kunlari namoyishchilar Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida muqaddas Qur’onni yoqib yuborishdi. 28 iyun kuni Stokgolm markazida politsiya ruxsati bilan shunday hodisa bilan bog‘liq aksiya o‘tkazilgan.
O‘zA