Ixtisoslashtirilgan “Defence24” portali Polsha mudofaa vazirligi bergan ma’lumotga tayanib ma’lum qilishicha, Polsha Ukrainaga jami 3 milliard yevro miqdorda harbiy ko‘mak bergan.

Ta’kidlanishicha, 2022 yil aprelda Varshava Kiyevga 1,5 milliard yevrolik harbiy yordam ajratilishini e’lon qilgan. Bir yil davomida milliard yevro yo‘naltirildi, keyingi 500 million esa so‘nggi 3-4 oyga mo‘ljallangan. “Oxirgi ikki oy qo‘llab-quvvatlash sezilarli darajada kuchaydi”, – deyiladi xabarda.

Polsha mudofaa vazirligi Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam tafsiloti sir tutilishini ham ta’kidlagan.

 

O‘zA