Prezident Vladimir Zelenskiy juma kuni ijtimoiy tarmoq orqali Ukraina armiyasini NATOga moslashtirish rejasi ishlab chiqila boshlanganini ma’lum qildi.
“Vilnyus sammiti qarorini amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadam qo‘yish maqsadida Oliy rada vakillari va yuqori lavozimli mulozimlar to‘planib, Alyans bilan o‘zaro moslashuv rejasini tayyorlashga kirishamiz”, – dedi u. Bundan tashqari, Zelenskiy bayonot berishicha, Kiyev Ukraina – NATO Kengashi faoliyatini barcha bosqichda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq rejaga ega.
Litva sammitida NATO mamlakatlari tasdiqlagan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘p yillik hujjatda mamlakat Qurolli kuchlariga Alyans standartiga moslashishda yordamlashish rejasi, Kengashni tashkil qilish va ushbu davlatning NATOga a’zo bo‘lish huquqini tasdiqlash aks etgan.
O‘zA