Litva Yevropa Ittifoqini Ukraina bug‘doyini eksport qilish uchun Boltiq dengizi portlaridan foydalanishga chaqirdi, deb xabar tarqatdi “Frans Press” uch nafar vazirning YeI komissariga yo‘llagan maktubiga tayanib.
“Boltiq dengizi portlari Ukrainadan mahsulot, jumladan, don tashishda ishonchli yo‘lak bo‘la oladi”, – deyiladi nomada. Ma’lumotga ko‘ra, ayni yo‘nalish yordamida yiliga 25 million tonna bug‘doy tashish imkoni bor.
Shuningdek, YeI Ukraina – Polsha chegarasida byurokratik rasmiyatchilikni qisqartirishga chaqirilgan. Yaqinda RF don shartnomasi cho‘zilmasligi haqida Turkiya, Ukraina va BMTni xabardor qildi. Natijada mazkur kelishuv 18 iyul kuni to‘xtatildi.