Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Kechagi dasturda erkaklar rapira, ayollar sablya qurollarida saralash bahslarini olib bordi.
Hamyurtlarimiz G.Perdiboyeva (sablya) hamda D.Sa’dullayev (rapira) saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, asosiy 64 qilichbozlar ro‘yxatidan joy oldi. Endi 27 iyul kuni ular navbatdagi bosqichda kuch sinashadi.
Javohir TOSHXO‘JAEV,
O‘zA muxbiri