Germaniya pasporti “Index-2023” reytingida Italiya va Ispaniya fuqarolik hujjati bilan bir qatorda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu pasportlar 190 mamlakat eshiklarini ocha oladi.
Yillik reytingni tuzuvchi Londonning “Henley & Partners” yuridik firmasi ma’lumotiga ko‘ra, faqat Singapur pasporti bundan ham ko‘p – 192 davlatga kirish imkonini beradi.
Xullas, pasportlar reytingida Singapur birinchi o‘rinda. Besh yildan buyon eng yaxshi pasportlar safida Finlyandiya, Fransiya, Lyuksemburg, Shvetsiya, Janubiy Koreya va Avstriya bilan birga uchinchi o‘rinni Yaponiya egallab kelgan. Ushbu davlatlar pasport egalari vizasiz 189 davlatga kirishlari yoki kirib kelganda vizani osonlashtirishdan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Qayd etish joiz, shu yil oxirida qabul qilinishi kerak bo‘lgan yangi fuqarolik qonunchiligi qisman Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan xorijliklarga Germaniyada amaldagi pasportga qo‘shimcha ravishda Germaniya pasportini olish osonlashtirilishini ko‘zlaydi.
O‘zA