Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 158 mamlakatidan 1000 nafardan ortiq qilichbozlar ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ilk kunida shpaga yo‘nalishining qizlar o‘rtasidagi bahslarida Shahzoda Egamberdiyeva, sablyachi yigitlarimizdan Musa Aymuratov hamda Zuhriddin Qodirov saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Bugun ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida saralash janglarini o‘tkazadi. Unda Umida Ilyasova, Fayzulla Alimov, Javohir Nurmatov, Nodirbek Mo‘minov, Meyrxan Timurov kabi qilichbozlarimiz ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA