2022 yilda O‘zbekistonda 48 734 ta nikohdan ajrashish holatlari qayd etilgan. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajrashishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.

Hududlar kesimida nikohdan ajrashish holatlari soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etildi – 5901 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan ajrashish holatlari soni mos ravishda 5445 ta hamda 5098 tani tashkil etgan Farg‘ona viloyati va Toshkent viloyati joy oldi.

Nikohni bekor qilish tartibi, ushbu jarayon vaqtida yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha asosiy 10 ta savolga Mirobod tumani FHDYO bo‘limi mudirasi Gulnoza Pardayeva javob berdi.

Batafsil:   

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA