Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qiziqarli bellashuvlar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Halqa mashqlarida birinchi va ikkinchi o‘rinlar Isroil va Ruminiya vakillariga nasib etgan bo‘lsa, tasma musobaqasida polshalik hamda bolgariyalik gimnastikachi qizlar oltin va kumush medalli bo‘ldi.
E’tiborli jihati, mazkur natija badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida o‘zbekistonlik sportchilarning ilk yutug‘i bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA