O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ham sanoqli kunlar qoldi. Barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyati va saylov jarayonining har bir bosqichida o‘tkaziladigan tadbirlar tegishli qonunlar hamda qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi asosida olib borilmoqda.
“Saylov – 2023” dasturining navbatdagi sonida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayyorlangan saylovchilarning biometrik-identifikatsiya qilish qurilmalaridan foydalangan holda ovoz berish jarayonlari xususidagi videolavha bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zA