AQSHning Las-Vegas shahrida joylashgan “UFC Apex” arenasida “UFC Vegas 76” turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy kardida hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev braziliyalik Bruno Ferreyra bilan jang qildi. Mahoratli sportchimiz “UFC” dagi debyut jangi bo‘lishiga qarmasdan mazkur bahsda ishonchli va aniq harakat qildi. Buning natijasida esa raqibi ustidan muddatidan avval g‘alaba qozondi.

Shuningdek, turnirda yorqin jang ko‘rsatgan to‘rt nafar jangchi tashkilotchilar tomonidan bonusga ega bo‘ldi:

Guram Kutateladze va Elves Brener – “Kecha jangi”;

Shon Striklend – “Kecha chiqishi”;

Nursulton Ro‘ziboyev – “Kecha chiqishi”.

Endilikda mazkur jangchilar kafolatlangan gonorardan tashqari 50 ming AQSH dollar miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA