FOTOREPORTAJ

Joriy yilning 22-24 iyun kunlari Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida (U17) Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning so‘ngi kunida qizlar -64, -71, +71 kg. vazn toifalarida kuch sinashgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar o‘rtasida -81, -89, +89 kg. vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi.

Qizlar o‘rtasida Dilnoza Fayzullayeva (O‘zbekiston), Madina Fayzullayeva (O‘zbekiston) o‘z vazn toifalarida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘smirlar o‘rtasida Diyor Ermatov (O‘zbekiston), Ummatillo Rustambekov (O‘zbekiston) va Hamidreza Muhammaditanha (Eron) o‘z vazn toifasida barcha raqiblarida ustun kelib shoh supaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA