Abu Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri Abdulloh bin Zoid Ol Nahayon O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni qabul qildi. Bu haqda BAA axborot agentligi – WAM yozdi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabat, hamkorlikni turli sohalar, jumladan iqtisodiyot, investitsiya, savdo-sotiq bo‘yicha rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
– Kengaytirilgan kun tartibi sheriklikni yanada chuqurlashtirish, xalqaro tashkilotlar doirasida izchil muloqotni davom ettirishga qaratilgan takliflarni qamrab oldi, – dedi Saidov.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va BAA tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli muloqotni mazmunan boyitish choralari ham belgilab olindi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA