“Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitidagi 6 davlat rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng Pekin va Sian shaharlari Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo, kuzatuvchi hamda hamkor davlatlar jurnalistlarining navbatdagi forum maydoniga aylandi. 21 davlat ommaviy axborot vositalari vakillari Xitoy tashqi ishlar vazirligida qabul kilindi. XXRning SHHTdagi milliy muvofiqlashtiruvchi elchisi Chjan Xaychjou 2001 yilda tashkil topgan siyosiy birikma bugun 84 yo‘nalishda ijro mexanizmi yaratilganini aytdi.

-SHHT  safi kengaygan sari, endi Yevropa ittifoqi, boshqa siyosiy tuzilmalar ham u bilan o‘zaro manfaatli aloqalarini yo‘lga qo‘yish geosiyosiy masalalarda muloqot o‘tkazish istagini bildirmoqda, – deydi elchi Chjan Xaychjou.

Shuni aytish kerakki, birgina Xitoyning SHHT ga a’zo davlatlar bilan bir yillik savdo aylanmasi 411,8 milliard AQSH dollarga yetgan.

Janob elchi bu tashkilot faoliyatida O‘zbekistonning ulushi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

– Islohotchi Prezident Shavkat Mirziyoyev kiritgan bir qator takliflar bugun SHHT dasturidan joy oldi va ijroga qaratilgan, – deydi Chjan Xaychjou.

– O‘zbekistondagi iqtisodiy, siyosiy islohotlar mamlakatni tez rivojlanayotgan davlatlar qatoriga olib chiqdi. Xalqning turmush tarzida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayniqsa o‘ziga xos qurilmaga ega kambag‘allikni qisqartirish “O‘zbekiston tajribasi”ni  Prezident Shavkat Mirziyoyev yaratgan maktab sifatida omallashtirishga munosibdir.

– O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar haqida ham to‘xtalgan elchi, mamlakat kelajagini boshlangan keng miqyosli islohotlar davomchisi bo‘la oladigan nomzod bilan quramiz. O‘ylaymanki o‘zbek xalqi donishmandlik namoyon etadi va munosib nomzodni tanlab oladi, deydi.

Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan jurnalistlar huzurida  “Bir belbog‘, bir yo‘l” strategiya  instituti rektori professor  Shi Chjishin, umumjahon moliya forumi bosh kotibi Fen Sinke, SHHT Xitoy qo‘mitasi bosh kotibi Chjen Vey, “Yagona taqdir” g‘oyasining “Tinchlik, birgalikda yaratish va birgalikda baham ko‘rish” loyihasi taqdimotini o‘tkazdilar.

Jurnalistlar forumi Sian shahrida davom etadi.

Muhammadjon Obidov  

Toshkent Pekin