Jahon banki kelgusi besh yil uchun Mastercard kompaniyasi sobiq bosh direktori Ajay Bangani o‘ziga prezident etib sayladi, deb xabar tarqatdi mazkur moliya tashkiloti.
“Jahon banki direktorlar kengashi Ajay Bangani keyingi besh yilga prezident etib sayladi”, – deyiladi bank tarqatgan matbuot xabarnomada.
Xabarda ta’kidlanishicha, Banganing vakolat muddati 2 iyundan boshlanadi. Bundan oldin Ajay Banga Mastercard bosh direktori va General Atlantic kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.