Ma’lumki, joriy yilning 30 aprel-14 may kunlari poytaxtimizda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkaziladi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 100 dan ziyod davlat terma jamoalari qatnashish uchun talabnomalarni taqdim etgan.
Ayni kunlarda poytaxtimiz ringlarida kechadigan janglarga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir nechta milliy terma jamoalar chempionat oldi so‘nggi mashg‘ulotlarini Toshkentda olib bormoqda.
Deyarli bir haftadan beri poytaxtimizda mashg‘ulot o‘tkazayotgan Hindiston va Misr terma jamoalari safiga o‘tgan kuni Suriya, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Turkmaniston terma jamoalari qo‘shilgan bo‘lsa, kuni kecha tarkibida bir necha nomdor bokschilar bo‘lgan Kuba terma jamoasi ham poytaxtimizga yetib keldi va mashg‘ulotlarga kirishdi.
Jahon chempionatida qatnashadigan boks bo‘yicha milliy terma jamoalarning poytaxtimizga kelishi davom etmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA