Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida bo‘lib o‘tayotgan “Sahibkiran Cup 2023” III Xalqaro turnirida 13 ta davlatdan 164 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Turnir shveysarcha tizim bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Reyting natijalariga qarab, “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan ishtirokchilar  9 ta turda kuch sinashadi. 6-tur nihoyasiga yetgach, shaxmatchilarning guruhdagi vaziyatlari aniq bo‘lib qoldi. 6 imkoniyatdan 5 ochko jamg‘ara olgan Alisher Suleymenov (Qozog‘iston) “A” guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Undan so‘ng, birato‘la 5 kishi 4,5 tadan ochko olgan: Muhammadzohid Suyarov (O‘zbekiston), Daniel Fridman (Germaniya), Olmos Rahmatullayev (O‘zbekiston), Platon Galpirin (Ukraina), Vitaliy Sivuk (Shvetsiya). “B” guruhida Jo‘rabek Ibodullayev, Muhammadrahim Abdullayev, Marsel Shoyusupovda 5,5 tadan ochko bor. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari 20 aprel kuni ma’lum bo‘ladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA