Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar bo‘limi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Jumladan, fuqarolar N.J. va B.I. Nukus shahridagi “Qurilisshi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan 2 sotix yer maydonini fuqaro Sh.S.ga kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berishi evaziga 88 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri