FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi “Do‘stlik” maydonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazildi.

Dastur davomida “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari, jangovar sport turlari bo‘yicha yosh sportchilar chiqishlari, “Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla”, “Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor”, “Xavfsiz va ravon yo‘l” loyihalari , “Zakovat” o‘yini, “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va she’riyat kechasi, voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” sport musobaqasi, “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ekskursiya va boshqa qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. Shuningdek, festival ishtirokchilari e’tiboriga san’at va madaniyat xodimlarining qiziqarli konsert dasturlari namoyish etildi.

Tadbirlardagi faolligi va alohida qobiliyati uchun bir guruh yoshlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA