Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Har yili an’anaga muvofiq xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida faol xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shunga ko‘ra, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan qizlar munosib rag‘batlantirilmoqda.
Shu maqsadda tashkil etilgan tadbirda iqtidorli, a’lo xulqli, zukko, tashabbuskor hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun 28 nafar Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sovrindoriga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida sovrindorlar bilan vazirlar uchrashuvi tashkil etildi.
Gulnoza Boboyeva,
Nosirjon Haydarov,(surat), O‘zA