Bu mamlakatdagi jami iste’molchilarning 40 foizini tashkil etadi, deb yozmoqda “La Nacion” gazetasi.
Kelib chiqqan yong‘inning elektr ta’minotiga zarar keltirishi tufayli Argentinaning bir nechta provinsiyasi hamda poytaxt hududining qator tumanlari zimistonga aylandi. Xavfning oldini olish maqsadida “Atucha I” AESining xizmat ko‘rsatish faoliyati ham vaqtincha to‘xtatilgan.
“Mamlakat bo‘yicha jami iste’molchilarning 40 foizi chiroqsiz qoldi, bu 20 million kishi qorong‘uda o‘tiribdi, deganidir”, – deb yozmoqda OAV.
Shu kunlarda Argentinada ayni saraton. Mamlakatning aksariyat mintaqalarida termometr tayoqchasi 40 darajani ko‘rsatmoqda, deyiladi xabarda.