2023 yil 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Parlamentining O‘zbekiston bo‘yicha ma’ruzachisi Ilhan Kyuchyuk bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevroparlament o‘rtasidagi Afg‘oniston yo‘nalishidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Yevropa tomoniga O‘zbekistonning afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish, shuningdek, ushbu mamlakatga iqtisodiy ko‘maklashish borasida amalga oshirib kelayotgan sa’y-harakatlari haqida ma’lumot berildi. I.Kyuchyuk Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishda O‘zbekistonning roli katta ekanini ta’kidladi.

S.Rahimov, O‘zA