Turkiya madaniyat va turizm vazirligi isroillik qutqaruvchilar go‘yo Turkiyadan qadimiy Yesfir kitobining qo‘lyozmasini olib ketgani haqidagi ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarni inkor etdi.
Avvalroq Isroilning Ynet portali Turkiyaning Antakiyada mahalliy aholi vakili shaharda qutqaruv ishlarida ishtirok etayotgan isroillikka qadimiy Yesfir (Ester) kitobining qo‘lyozmasini berganini ma’lum qilgandi. Xabarda ushbu kitob qulab tushgan sinagoga vayronalari ostidan olib chiqilgani va Isroilga olib ketilgani aytilgandi.
“Antakiyadagi sinagoga vayronalari ostidan topilgan Yesfir kitobi qo‘lyozmasi Turkiyaning bosh ravvinatida saqlanmoqda”, – deyiladi vazirlik tarqatgan matbuot xabarnomasida.
“Qo‘lyozma kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi tomonidan tekshirilmoqda, jarayon Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirilib borilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan vazirlik.
“Biz qo‘lyozmalar va boshqa qimmatbaho artifaktlarni qaytarish hamda dindorlar yana qatnashi uchun Antakiyadagi sinagogani qisqa muddatlarda tiklaymiz”, – deya ta’kidlanadi vazirlik tarqatgan xabarda.