FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida «O‘zmilliybank» stipendiyasi uchun o‘tkazilayotgan tennis turnirining 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur turnir natijalariga ko‘ra, musobaqa g‘olibi O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh homiysi – «O‘zmilliybank» stipendiyasini qo‘lga kiritadi.
Musobaqa yosh tennischilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni saralash, ularni xalqaro turnirlardagi ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadiga qaratilgan.
Ta’kidlash joiz, joriy yilning 3-4 fevral kunlari poytaxtimizda tennis bo‘yicha «Devis kubogi»ning jahon saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va AQSH terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarida qatnashgan 17 yoshli hamyurtimiz Amir Milushev turnirda ko‘rsatgan mahorati hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri «O‘zmilliybank» stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA