Turkiya milliy harakat partiyasi yetakchisi (MHP) Devlet Baxcheli zilzila ro‘y bergan hududlarda talonchilik qilgan (marodyor)larni fuqarolikdan mahrum qilishga yoki ular qochqin bo‘lsa, mamlakatdan chiqarib yuborishga chaqirdi, deb xabar tarqatdi Turkiyaning Anadolu agentligi.
“Talonchilik va o‘g‘irlik bilan shug‘ullanayotgan vijdonsizlarni fuqarolikdan mahrum qilish kerak. Agar ular qochqin bo‘lsa, demak, ularni mamlakatdan deportatsiya qilish kerak”, – degan Baxcheli parlamentda so‘zga chiqib.
Mamlakat adliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, zilziladan keyin 11 viloyatda talonchilik qilganlikda gumonlanib, 97 kishi ushlangan.