Moldova havo kengliklari seshanba kuni yopildi, rejalashtirilgan reyslar bekor qilindi, deb xabar tarqatdi Air Moldova aviakompaniyasi matbuot xizmati.
“Ayni paytda Moldova havo kengliklari yopilgan, parvozlar boshlanishini kutib turibmiz. bugungi jadvallarga o‘zgartirish kiritiladi”, – deyiladi kompaniyaning Facebook orqali tarqatgan xabarida.
Kishinyov xalqaro aeroporti matbuot xizmati RIA Novostiga ham reyslar bekor qilinganini ma’lum qilib, boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar bermagan. Mamlakat hukumati ham vaziyatga izoh bermayapti, deyiladi xabarda.