Dushanba kuni Nyu-York shimoliy-g‘arbida so‘nggi 40 yildagi eng kuchli zilzila qayd etildi, deb xabar berdi “NBC” telekanali.
Seysmologlarning xabarlariga qaraganda, Eri okrugida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Silkinishlar markazi Uest-Senek shahridan ikki kilometr sharqida ekani va uch kilometr chuqurlikda sodir etilgani aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, zilzila Niagara sharsharasi hududida ham sezilgan.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, 1983 yildan buyon Uest-Seneki mintaqasining Buffalo shahri yaqinida 2,5 magnitudali 24 marta yer silkinishi qayd etilgan.
O‘zA