Bugun, 1 fevral kuni Marokashda futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi navbatdagi 19-jahon chempionati bahslari boshlanadi.

FIFA tizimidagi futbol tuzilmalarida g‘olib va sovrindorlikka erishgan jamoalar o‘rtasidagi navbatdagi mundialda Afrika futbol konfederatsiyasi chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum finalchisi «Al-Ahli» (Misr, AFK), YeCHL 2021/22 yilgi mavsum g‘olibi «Real» (Ispaniya, UEFAdan), Libertadores kubogi-2022 g‘olibi «Flamengo» (Braziliya, Konmebol), Osiyo chempionlar ligasi-2021 g‘olibi «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni, Osiyo FK), Afrika futbol konfederatsiyasi chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum g‘olibi «Vidad» (Marokash, AFK), KONKAKAF chempionlar ligasi-2022 g‘olibi «Siyetl Saunders» (AQSH, KONKAKAF) hamda Okeaniya futbol konfederatsiyasi chempionlar ligasi-2022 g‘olibi «Oklend Siti» (Yangi Zelandiya, Okeaniya FK) jamoalari qatnashmoqda.

Musobaqa taqvimiga ko‘ra, o‘yinlar bugun boshlanib, 11 fevralga qadar davom etadi. Chempionatning 1/2 final o‘yinlari 7-8 fevral kunlari, 3-o‘rin hamda final uchrashuvi 11 fevral kuni o‘tkaziladi.

 

O‘zA