Tunis Prezidenti Kais Said mamlakat hududida elon qilingan favqulodda holat rejimini 2023 yilning oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda seshanba kuni kechqurun Mosaique FM radiostansiyasi ma’lum qilgani aytilmoqda.
Tunisda favqulodda holat rejimi 2015 yil 24 noyabrda e’lon qilingan edi. Bunga mamlakat poytaxti markazida joylashgan ichki ishlar va turizm vazirliklari binolariga yaqin joyda uyushtirilgan qo‘poruvchilik harakati sabab bo‘lgandi. O‘shanda xudkush-terrorchi prezident qo‘riqchilari ketayotgan avtobusda o‘zini portlatgandi. Portlash natijasida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi jarohat olgandi.