Italiyaning “Eni” energetika kompaniyasi va Liviyaning Milliy neft korporatsiyasi (NOC) o‘rtasida O‘rta yer dengizidagi ikkita gaz konini qazish bo‘yicha hujjat qabul qilindi. Shartnomaning umumiy qiymati 8 millard dollarni tashkil etadi. Bu haqda “Euronews” xabar qildi.
Loyihani amalga oshirish Liviya ichki bozorini iste’molchilar bilan ta’minlash, shuningdek, mahsulotni Yevropaga eksport qilish imkonini beradi.
Gaz qazib olish 2026 yilda boshlanadi va keyinchalik sutkasiga 750 million kub/futga yetkaziladi.
Bitimni Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni Tripoliga tashrifi doirasida Liviya Milliy birlik hukumati rahbari Abdul Hamid Dbeyba bilan birga imzoladi.