Chexiya Respublikasida shanba kuni yakunlangan prezidentlik saylovlarida iste’fodagi armiya generali Petr Pavelni saylovchilarning 58,32 foizi qo‘llab-quvvatladi. Chexiya Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib, bu haqda “CTK” agentligi xabar berdi.
27-28 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Pavelga uch million 358 ming 926 saylovchi ovoz bergan. Uning raqibi sobiq Bosh vazir Andrey Babish 41,67 foiz ovoz olgan.
Chexiya davlat televideniyesi “Pavelni Chexiya prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabriklayman va men unda mag‘lub bo‘lganimni tan olaman”, deb bergan murojaatini namoyish etdi.
Chexiya Respublikasining amaldagi Prezidenti Milosh Zemen Pavelni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
“Hurmatli janob prezident, sizni demokratik saylovlardagi g‘alabangiz bilan muborakbod etaman. Chexiyaning yaxshi prezidenti bo‘lishingizni tilayman”, dedi Zemen.
Chexiya yangi davlat rahbarining inaguratsiya marosimi 9 martga mo‘ljallanmoqda.
O‘zA