Hindiston va Quvaytda davom etayotgan xalqaro turnirlarda ishtirok etayotgan tennischilarimiz Nigina Abduraimova va Humoyun Sultonov bugun, 27 yanvar kuni yarim final va chorak final o‘yinlarini o‘tkazdi.
Har ikkalasi raqiblarini tomoshabinlar safiga kuzatib qo‘ydi.
Puna shahrida o‘tayotgan “W40 Pune” turnirining yarim finalida Nigina Abduraimova rossiyalik Valeriya Savinixni murakkab kechgan uchrashuvda 6/4, 2/6, 6/4 hisobida dog‘da qoldirdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Quvaytning Al-Zahra shahri kortlaridagi xalqaro turnirda qatnashayotgan Humoyun Sultonov yarim finalda niderlandiyalik Sidan Pontyodikromo bilan kuch sinashdi. Hamyurtimizning katta ustunligida kechgan o‘yinda hisob 6/3, 6/2 ko‘rinishida Sultonov foydasiga hal bo‘ldi.
Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan mazkur turnirning yarim finalida Humoyun 1/4 finalda bahs olib borayotgan turkiyalik Yerel va marokashlik Benchetrit juftligining g‘olibi bilan bahs olib boradi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA