Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi 27 yanvar kuni COVID-19 pandemiyasi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatligicha qolmoqdami, degan savolga aniqlik kiritish uchun yig‘ilish o‘tkazadi.
Tashkilot saytida e’lon qilingan xabarda keltirilishicha, “JSST favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasining 14-majlisi 2023 yil 27 yanvarga mo‘ljallangan. Shundan keyin qo‘mita COVID-19 pandemiyasi hali ham xalqaro darajadagi favqulodda vaziyatligicha qolmoqdami, degan savolga aniqlik kiritib, o‘z xulosalarini JSST bosh direktoriga taqdim etadi”.
JSSTning rasmiy hisobotida ma’lum qilinishicha, 2023 yil 22 yanvar holatida koronavirus pandemiyasi paydo bo‘lgandan buyon dunyo bo‘yicha 664 millionta tasdiqlangan koronavirus yuqtirish holati qayd etildi, 6,7 milliondan ortiq kishi pandemiya qurboni bo‘lgan.