Saudiya Arabistoni hukumati xorijliklarga yangi turdagi viza berishni yo‘lga qo‘ymoqda. U 96 soatga mo‘ljallangan tranzit viza bo‘ladi.
Xorijiy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Saudia aviakompaniyasining mamlakat hukumati bilan birgalikda “Sizning chiptangiz-vizangiz” deb nomlangan mazkur loyiha doirasida aviakompaniyaning chiptasini xarid qilgan xorijlik yo‘lovchi podshohlik hududida to‘rt kun, ya’ni 96 soat qolishi mumkin. Bu vaqt ichida mehmonlar mahalliy diqqatga sazovor joylarni ko‘rishi yoki haj amallarini bajarishi mumkin bo‘ladi.
Saudia aviakompaniyasining yo‘lovchilari tranzit vizasini 2023 yilning birinchi yarmidan boshlab onlayn rejimda bronlashtirishi mumkin, deb yozmoqda Azertaj agentligi.