Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an vazirlar mahkamasi majlisidan so‘ng mamlakatda prezident va parlament saylovlari 14 mayda o‘tkazilishi belgilanganini ma’lum qildi.
“Chuqur tahlillardan so‘ng saylovlarni 14 mayda o‘tkazishga qaror qilindi. Agar parlament boshqa sanani belgilasa, bundan xursand bo‘lamiz. Agar belgilamasa, unda men prezident sifatida, shunday qarorni o‘zim qabul qilaman”, – dedi u.
Turkiya saylov tizimida agar parlament saylov o‘tkazish sanasini tasdiqlamasa, unda prezident o‘zi saylovlarni ushbu kunda o‘tkazish haqida farmonni imzolashi mumkin, lekin rasmiyatchilik yuzasidan buni parlament birinchi tasdiqlashi kerak.