Jahon va Osiyo chempionatlari g‘olib va sovrindori, qator xalqaro turnirlar g‘olibi, “Uzbek Tigers” jamoasining sobiq a’zosi Elnur Abduraimov professional boksda faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edik.
– Assalomu alaykum Elnur! Bu xabardan xursand bo‘ldik. Aytiingchi ilk jang oldidan qanday tuyg‘ular qalbingizdan o‘tmoqda?
– Assalomu alaykum! Meni xar bir jang oldidan biroz hayajon bosadi. Biroq bu qisqa vaqt ichida o‘tib, jangda zafar quchish haqida o‘ylayman. Hozir ham shunday bo‘lmoqda va men g‘alaba qozonish haqida o‘ylamoqdaman.
– Bilamiz professional boksda hech qachon oson jang bo‘lmaydi. Siz ilk jangingizda kim raqib bo‘lishini bilmaysiz. Bu sizga qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
– Albatta raqib kim ekanini hozirda bilmayman va bu biroz mashg‘ulotlar jarayonida qiyinchilik tug‘dirmoqda. Lekin Mayamidagi “Fight Promotion” klubida murabbiy Pedro Diaz bilan turli usulda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz va raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar g‘alaba qozonishga bor kuch-g‘ayratimni sarflayman.
– Professional boksda “NUR” taxallusi bilan janglarda ishtirok etishingiz haqida xabar topdik. Nega aynan “NUR” taxallusini tanladingiz?
– Men professional boksga endigina kirib keldim. Havaskor boksdagi musobaqalarda bir qator muhim musobaqalarda g‘olib bo‘ldim. Endilikdagi maqsadim professioan boks olamida yorqin nur kabi porlamoqchiman. Shuning uchun ham bu taxallusni tanladim.
– Samimiy suhbat uchun rahmat. Sportchilik faoliyatingizda ulkan g‘alabalar doimo yor bo‘lsin.
– Ilohim aytganingiz kelsin.