Qishki olimpiya o’yinlarining ilk g’olibi aniqlandi

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o’tkazilayotgan XXIII qishki Olimpiya o’yinlarida xotin-qizlar chang’i poygasining skiatlon yo’nalishi bo’yicha bahslarda g’oliblik uchun kuch sinashdilar.

Shvetsiyalik Sharlott Kalla 15 kilometr masofaga o’tgan mazkur poygada Olimpiya o’yinlarining oltin medalini qo’lga kiritdi. Shuningdek musobaqada norvegiyalik Marit Borgen kumush finlyandiyalik Krista Pyarmyakoski bronza medaliga sazovor bo’ldi.

755182507254961.jpg

Shu taqriqa Sharlott Kalla XXIII qishki Olimpiya o’yinlarining birinchi oltin medali bilan taqdirlangan sportchiga aylandi

 

Javohir Toshxo’jayev, O’zA