Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya ikkinchi kunida, “Terrorizmning oldini olishda davlatlar salohiyatini mustahkamlash va BMT tizimi rolini kengaytirish” mavzusiga bag‘ishlangan III seksiya yig‘ilishi doirasida terrorizm tarqalishiga yordam beruvchi shart-sharoitni bartaraf etishga mintaqaviy va global miqyosda kompleks yondashish, bu boradagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Ayni payt Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat Markaziy Osiyo uchun ham bevosita daxldor ekanligi haqida so‘z borarkan, ushbu davlatda tinchlik va barqarorlikka erishish mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti ekaniga alohida urg‘u berildi.

Mazkur nufuzli anjuman Markaziy Osiyo davlatlarining terrorizmga qarshi birgalikda kurashida mustahkam poydevor vazifasini bajarishi e’tirof etildi.

Ulug‘bek Mahmirzayev, O‘zA